Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyan: yadro urushi istalgan vaqtda boshlanishi mumkin
Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Kim In Ryon AQSh tufayli yadro urushi istalgan lahzada boshlanishi mumkin, deb aytmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Kim In Ryonning aytishicha, AQSh Koreya yarimorolida yadro urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatni vujudga keltirdi. Uning aytishicha, bu tinchlik va barqarorlikka jiddiy xavf soladi.
"Shimoliy Koreya amerikaliklar istayotgan har qanday harbiy rejalarga javob berishga tayyor", deb aytdi diplomat.
Uning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya o‘z rahbariyati lozim deb topgan istalgan vaqtda yadro sinovini o‘tkazishga tayyor.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi prezident Shimoliy Koreyaga nisbatan amalga oshiradigan harakatlarini oshkor qilmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026