Fan-texnika | 17:20 / 17.04.2017
7376
1 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp rahbari Facebook’ning 5 milliard dollarlik aksiyalarini sotib yubordi

WhatsApp bosh direktori Yan Kum o‘tgan yilda Facebook’ning 43 million dona aksiyasini sotib yubordi yoki hadya qildi. Bu haqda Recode AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan xabar bergan. O‘sha paytda aksiyalar to‘plami 5 mlrd. dollardan ortiqroq turgan.

Kum 2016 yilning 1 aprelidan boshlab Facebook aksiyalarini sotish bo‘yicha hammasi bo‘lib 120dan ortiq amaliyot o‘tkazdi hamda 30 million donadan ortiq qog‘ozni 3,7 mlrd. dollarga sotib yubordi.

Qolgan 12,6 mln. aksiyalar hadya qilib yuborilgan, biroq komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarda ularni kim olgani oshkor etilmagan.

Natijada Kumning Facebook’dagi A sinfida bo‘lgan aksiyalari to‘plami 2,6 foizdan 1,2 foizga kamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kum 2014 yilning boshida WhatsApp’ni Facebook kompaniyasiga 19 mlrd. dollarga sotib yuborgandi.

Mavzuga oid