Abror Azimov Peterburg terakti tashkilotchisi bo‘lganini tan oldi
17 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni tashkil etishda gumon qilinib qo‘lga olingan Abror Azimov o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olgan. Bu haqda Moskva shahar Basman sudida ishtirok etgan Azimovning advokati Armen Zadoyanga asoslanib RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
Advokat jarayon tafsilotlarini keltirmagan.
Tez orada Azimov ustidan sud jarayoni boshlanishi kutilmoqda.
FXX ma'lumotlariga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan Azimov xudkush terrorchi Akbarjon Jalilovni tayyorlash bilan shug‘ullangan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, Azimov 2013 yilning 25 mayida Qirg‘iziston fuqaroligidan chiqarilgandi.
Peterburg terakti tashkilotchisi sifatida ushlangan Azimov haqida yangi ma'lumotlar berildi
Mavzuga oid
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024