Sankt-Peterburgdagi terakt taşkilotçiligida gumon qilinib 17 aprel kuni Moskva şahri yaqinida qölga olingan Abror Azimov telefonini yoqqani tufayli qölga tuşgan. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda Kommersant' naşri xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga köra, qölga olingan şaxs terakt ijroçisi sifatida gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilov bilan aloqada bölgan. Aynan Azimov teraktdan oldin Jalilov bilan oxirgi marta qönğiroqlaşgan şaxs edi.
Gumonlanuvçi bir neça kundan buyon qidiruvda edi. U portlaşdan söng yaşaş joyini özgartirgan va barça telefonlarini taşlab yuborgan. 17 aprel kuni u yangi telefon va sim-kartalar sotib olgan. Sim-kartalardan birini yoqişi bilan u özining qayerdaligini bildirib qöygan.
Azimovni Moskva viloyatining Odintsovo tumanidagi temir yöl yoqasida FXX xodimlari qölga olişdi. Uning yonidan Makarov rusumli töpponça topilgan.
Video: Peterburg terakti taşkilotçisi sifatida markaziy osiyolik qölga olindi
Tergov jarayonida aniqlanişiça, Azimov Abror Ahraloviç 1990 yilda Qirğizistonning Jalolobod viloyatida tuğilgan, 2013 yilning 25 mayida Qirğiziston fuqaroligidan çiqarilgan.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida «Sennaya ploşçad» va «Texnologiçeskiy institut» bekatlari oraliğida portlaş röy berdi. «Ploşçad Vosstaniya» bekatida ham portlovçi qurilma topildi va zararsizlantirildi. Terakt oqibatida 15 kişi halok bölib, 49 kişi jarohatlandi.
Tergov qömitasi uşbu terakt kelib çiqişiga köra qirğizistonlik bölgan 22 yoşli Akbarjon Jalilov tomonidan sodir etilganini e'lon qildi. OAV ma'lumotiga köra, 2015 yilda Jalilov Peterburgdagi suşi-barda oşpaz bölib işlagan, ammo keyingi yilda uni körişmagan.
Ba'zi manbalar teraktdan oldinroq Jalilov Turkiyada 1 yildan ortiq muddat yaşagani va keyin deportatsiya qilingani haqida yozgandi.

















