Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning Tunjyeli viloyatida politsiya vertolyoti halokatga uchrashi oqibatida uning bortidagi barcha 12 kishi halok bo‘ldi.
"Halokat oqibatida 7 politsiyachi, bir sudya, bir harbiy va ekipajning 3 a'zosi halok bo‘ldi", deb aytilgan viloyat ma'muriyati bergan xabarda.
Avvalroq viloyat gubernatori ma'muriyati Pyulyumyur tumanida Sikorsky turidagi politsiya vertolyoti havoga ko‘tarilgandan keyin 10 daqiqa o‘tib falokatga uchraganini ma'lum qilgandi. Falokat soat 11.40da yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, falokatga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.
Vertolyot 2500 metr balandlikdagi, borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududga qulagan va qutqaruvchilar u yerga fojia yuz bergandan 6 soat o‘tibgina yetib borishgan. Qutqaruv operatsiyasida 3 ta samolyot, 2 ta vertolyot, 43 qutqaruvchi va 7 alpinist ishtirok etgan.

Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026