Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyadagi islohotlar uni diktatorga aylantirmasligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an CNN telekanaliga bergan intervyusida Turkiyada islohotlar o‘tkazilishi uni diktatorga aylantirmasligini aytdi.
Turkiyada hokimiyatning parlamentar boshqaruvidan prezidentlik boshqaruviga o‘tish bo‘yicha 16 aprelda o‘tgan konstitutsiyaviy referendum bu o‘zgarishlar tarafdorlarining kichik ustunligi bilan yakunlandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu islohotlar uchun 51,4 foiz saylovchi ovoz bergan.
Erdo‘g‘an u referendumni mamlakatdagi siyosiy tizimni tuzatish uchun emas, balki o‘z huquq va imkoniyatlarini oshirish maqsadida o‘tkazgani haqidagi ayblovlarni inkor etdi.
"Yangi tizim – o‘zgarish, Turkiya tarixida demokratiyaning o‘zgacha tus olishidir", deb aytgan Erdo‘g‘an va shu tariqa "islohotlar – diktaturaga qadam" degan gaplarni inkor etgan. Uning aytishicha, "diktatura bor joyda, prezidentlik boshqaruvi tizimiga hojat yo‘q".
"Men ham bir ojiz bandaman va istalgan vaqtda vafot etishim mumkin", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Referendumning yakuniy natijalari shikoyatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng, 11-12 kundan keyin ma'lum qilinadi. Muxolifat referendum natijalarini bekor qilishni talab qilgan. Bunga esa jumladan, Turkiya saylov komissiyasining pechat urilmagan byulleten va konvertlarni haqiqiy deb hisoblash qarorining noqonuniyligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko
17:59 / 09.12.2024
Asad rejimi nega bunchalik tez quladi?
15:30 / 04.10.2024
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar ajratadi
14:27 / 14.04.2021