Suriyada nega harbiylar prezidentni himoya qilmadi? Bu töntarişdan qaysi davlatlar yutdi, kimlar yutqazdi? Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'dagi kolonkasida diktator Başar Asad rejimining qulaşi haqida söz yuritadi.
1970 yildan buyon Suriya hokimiyatida bölib kelgan Asadlar sulolasi quladi. Başar Asad oilasi bilan Rossiyaga qoçdi. Bu sulola Suriyani yarim asrdan ortiq boşqardi.
Suriya – Yaqin Şarqdagi muhim davlatlardan biri. Aholisi 23 milliondan oşiq (bundan taşqari, yana bir neça million aholi qöşni mamlakatlarda qoçqin maqomida). Hududi – Özbekistondan deyarli ikki yarim baravar kiçik, lekin Isroilga nisbatan 8,5 baravar katta.
Ikkinçi jahon uruşi tugagaç, dunyoda ikki qutblilik davri boşlanadi. Sovuq uruş davrida arab davlatlari ham de-fakto ikki tomonga bölinadi. Ba’zi arab davlatlari SSSRga oriyentir oladi, özlarining davlatlarida arab milliyatçiligi asosidagi sotsializmni joriy qilişga kirişadi. Şunday davlatlardan biri – Suriya edi. Suriya, Misr, Iroq va boşqa davlatlarda Baas partiyasi tuziladi, kuçayadi, hokimiyatga keladi. Baas partiyasi Suriya hokimiyatiga 1963 yilda, davlat töntarişidan keyin kelgan. Partiyaning asosiy ğoyalari – arab milliyatçiligi, insonlar tengligi, arab davlatlarining barçasi birlaşişi kerakligi, dunyoviy davlatçilik va boşqalar edi. 1970 yilga kelib, Hofiz Asad hokimiyatdagi general Saloh Jadidni yiqitadi va özi hokimiyatga keladi. Öşa vaqtdan boşlab Asadlar davri 2024 yilning 8 dekabriga qadar davom etdi.
2000 yilda Xofiz Asad vafot etadi. Va uning öğli Başar Asad Suriya prezidenti bölib “saylanadi”. Rasman Suriya “respublika” bölsa-da, de-fakto monarxiya tomon ketayotgan edi.
2011 yilda arab davlatlarida Arab bahori deb atalmiş ommaviy namoyişlar va inqiloblar boşlandi. Arab dunyosi yagona axborot hududida yaşaydi. Şuning uçun Tunisdan boşlangan ommaviy namoyişlar Jazoirga, Misrga, Mağrib va Iordaniyaga, Saudiya va Bahraynga ham tarqaladi. Arab bahori Suriyani ham aylanib ötmaydi. Öşa 2011 yilda Suriyaning bir qança mintaqalarida oddiy odamlar islohotlar sörab namoyişlar ötkazişadi. Lekin Başar Asad rejimi namoyişlarni qattiq bostiradi: köplari öldiriladi, qolganlari qamaladi va baxti borlari qoçib qutuladi. Natijada, Suriyada fuqarolik uruşi boşlanadi.
Suriyadagi Asad rejimi nega bu qadar tez va qarşiliksiz quladi degan savol – juda muhim. Asosiy sabab – Asad rejimining legitimligi yöq edi. Uni qöllaydigan, himoya qiladigan xalq yöq edi.












