Jahon | 08:21 / 19.04.2017
23945
1 daqiqa o‘qiladi

IShID AQSh va Avstraliya harbiylariga qarshi kimyoviy qurol qo‘lladi

IShID terrorchi guruhi jangarilari AQSh va Avstraliyaning harbiy instruktorlariga qarshi teriga zarar keltiruvchi iprit gazini qo‘lladi. Harbiylar Iroqdagi qismlardan birida bo‘lgan, deb xabar qilmoqda CBS News telekanali.

Qayd etilishicha, hodisa o‘tgan yakshanba 16 aprel kuni yuz bergan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 25 nafar iroqlikka shifokorlar yordam ko‘rsatgan. Harbiy instruktorlarning hech biri jabrlanmagan. 

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid