Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi
Toshkent shahri Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonovich endilikda ushbu tuman hokimi sifatida ish boshlaydi.
Rahmonov Toshkent shahri hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. Ungacha poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari, Mirobod tuman hokimi lavozimlarida ishlagan.

Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev qaysi ishga o‘tgani haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Biroz oldinroq Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev Rahmatjonovich Toshkent shahri Yashnobod tumaniga hokim bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
14:36 / 18.02.2026