Jamiyat | 20:46 / 20.04.2017
8689
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida talonchilik bilan telefon olib qochuvchilar ushlandi

2017 yil 17 aprelda Yashnobod tumani hududida Sardor Husan o‘g‘li va Jahongir Bobonazarovlar fuqaro A.ga tegishli bo‘lgan Samsung rusumli telefonini bahona bilan so‘rab, olib qochayotganlarida qo‘lga tushgan. Ularni o‘sha yerda faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari mazkur jinoyatga aloqadorlikda gumon qilib ushlashgan. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 166-moddasi 2-qismi “v” bandi, ya'ni talonchilik jinoyati alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Shu munosabat bilan, Toshkent IIBB yuqoridagi gumonlanuvchilardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, 102 qisqa raqami yoki ichki ishlar idoralariga murojaat qilishni so‘raydi. 

Mavzuga oid