Jamiyat | 14:35 / 21.04.2017
32410
1 daqiqa o‘qiladi

Eyfel cho‘qqisidan eshitilgan “O‘zbekiston” sadosi

Fransiya. Parij, Eyfel minorasi. Uning eng baland nuqtasida o‘zbek yigiti milliy do‘ppilardan birini kiyib olib, qo‘lida O‘zbekiston bayrog‘ini ushlagancha, Xalq shoiri Muhammad Yusufning “O‘zbekiston” she'rini o‘qiyotganining guvohi bo‘lish mumkin. Yigit bu she'rni to‘lqinlanib, yuzida tabassum bilan yoddan aytib bergan. Bu videorolik Kun.uz mobil muxbiri tomonidan taqdim etilgan.

Uning atrofida yurgan chet ellik sayyohlar bayroqqa qarab yigitning O‘zbekistondan ekanligini ta'kidlashgan. Buni videodagi ovozlardan ham bilsa bo‘ladi. U o‘z she'rini o‘qib yakunlagach, yon-atrofdan qarsaklar bilan uni olqishlashgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid