Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid nashri YeChL qur'asi halol o‘tganiga shubha bildirdi
Madridda chop etiluvchi As nashri Yevropa chempionlar ligasi 1/2 finali qur'asining halol o‘tganiga shubha bildirdi. Qur'aga ko‘ra, yarim finalda «Real» - «Atletiko» va «Monako» - «Yuventus» juftliklari final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishi kerak bo‘ladi.
Manba qur'ani o‘tkazgan uelslik sobiq futbolchi Ian Rash qo‘lini savatga tiqib, uni aralashtirmasdan «Real» nomi chiqqan sharni olganiga alohida e'tibor qaratgan. Shundan so‘ng Rash «Atletiko» nomi yozilgan shar bilan bog‘liq vaziyatda ham shu ishni qilgan.
Shuningdek, nashr sharlarning kerakli jamoalar o‘zaro ro‘baro‘ kelishi uchun qizdirilgan bo‘lishidan gumonlanmoqda.