Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor va Meyuezer o‘zaro jang uchun qanchadan gonorar oladilar?
Mutlaq kurash chempionati (UFC) rahbari Dena Uayt aralash kurash jangchisi Konor Makgregor va bokschi Floyd Meyuezer boks qonunlariga ko‘ra o‘tadigan o‘zaro jang uchun oladigan gonorarlari haqida ma'lumot berdi.
"Hammasi jang translyatsiyasining sotilishiga bog‘liq. Agar u men o‘ylaganchalik sotilsa, unda Floyd 100 mln dollardan sal ko‘proq, Konor esa 75 mln dollarga yaqin gonorar oladi", deb aytdi Uayt hamda jang uchun shartnoma hali imzolanmaganini ta'kidlab o‘tdi.
14 mart kuni Meyuezer-Makgregor jangi uchun Las-Vegasdagi arena band qilib qo‘yilgani ma'lum qilingandi.
Fevral o‘rtalarida Floyd va Konor jang o‘tkazish uchun shartnoma bo‘yicha kelishib olganlari haqida axborot paydo bo‘lgandi.
40 yoshli Meyuezer professional boksda o‘tkazgan 49 ta jangining barchasida qo‘li baland kelgan. 28 yoshli Makgregor 2016 yil noyabrda amerikalik Eddi Alvaresni yutib, UFC tarixida ikki vazn toifasida – yarim o‘rta va o‘rta vaznda chempion bo‘lgan birinchi kurashchiga aylangandi. Irlandning hisobida MMA qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan 24 jangdan 21 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
07:52 / 13.04.2024
O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi
09:17 / 18.09.2023