O‘zbekiston | 09:44 / 21.04.2017
21355
1 daqiqa o‘qiladi

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan ta'lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi. 

Uning asosiy vazifasi – ta'lim-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat'i nazar, ta'lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, ta'lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat. 

Mavzuga oid