Jahon | 20:37 / 21.04.2017
4353
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada davlat xizmatchilari uchun ingliz tili majburiy qilib qo‘yiladi  

Ukrainada 2019 yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish vaqtida ingliz tilini bilish majburiy bo‘ladi. Bu haqda Ukraina adliya vaziri  Pavel Petrenko ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Ukrinform" axborot agentligi.

"2019 yildan boshlab ingliz tili davlat idoralariga ishga kirish uchun asosiy shartlardan biri bo‘ladi. Davlat xizmatchisi bo‘lishni istaganlar ukrain tilidan tashqari, ingliz tilini tayanch darajada bilishlari zarur bo‘ladi", deb aytdi vazir.   

Axborot agentligining ta'kidlashicha, Ukrainada ingliz tilini 70 foiz aholi biladi, vaholanki Yevropa Ittifoqida bu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil qiladi.    

Bir yil avval Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko barcha ukrainaliklarni ingliz tilini o‘rganishga chaqirgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid