Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britan nashri eng kuchli bomba aslida qaysi ekanligini eslatib o‘tdi
Britaniyaning Daily Star nashri AQSh tomondan Afg‘onistonda jangarilarga qarshi eng katta bombaning qo‘llangani bilan bog‘liq holda Rossiyada Sobiq ittifoq zamonlaridayoq yaratilgan "Shoh-bomba" yoki yana boshqacha "Katta Ivan" deb ataluvchi bomba borligi eslatib o‘tilgan maqolani chop etdi.
Nashrning ta'kidlashicha, Vashington Afg‘onistonga norasman "barcha bombalarning onasi" deb ataluvchi bombani tashlagandan keyin ko‘plab davlatlar aynan ularda eng kuchli bomba borligini ta'kidlay boshlashgan. Bunday tasdiqlar ortida nashr Rossiyada AQSh tomonidan Xirosimaga tashlangan bombadan 3,5 ming marta kuchliroq bomba borligini eslatib o‘tdi.
Nashrning ta'kidlashicha, yaxshiyamki bu bomba hech qachon jangovar sharoitda qo‘llanmagan va faqatgina 1961 yilda Yangi yer arxipelagidagi yadro poligonida sinovdan o‘tkazilgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, sinovdan keyin ming kilometr uzoqlikdan olovli shar va Everest cho‘qqisidan 7 marta balandroq qo‘ziqorin shaklidagi bulutni ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Bu sinovni o‘z vaqtida ko‘plab davlatlar, jumladan AQSh va Buyuk Britaniya qoralagan. Ayni vaqtda "Katta Ivan" muzeyda saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, aprel o‘rtasida AQSh harbiylari Afg‘onistonda ilk marotaba jangovar sharoitlarda o‘ta kuchli aviatsion bombani qo‘llashdi. Buning natijasida IShIDning 36 terrorchisi va yer osti tunnellari tarmog‘i yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026