Fransiyaning dengizorti hududlarida prezidentlik saylovlari boshlandi
Fransiyaning dengizorti hududlarida prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayoni boshlandi. Saylovlarni bunday erta boshlashga esa soat poyaslaridagi farq majburlaydi.
Shu tariqa ilk saylov uchastkalari Atlantika okeanida, Kanadaning Nyufaundlend orolidan 20 km uzoqlikda joylashgan Sen-Per va Mikelon hamjamiyatida ochildi. Bu yerda saylovchilar ro‘yxatiga taxminan 5 ming kishi kiritilgan.
Sal keyinroq esa ovoz berishga Frantsuz Gvianasi aholisi qo‘shildi. Bundan keyin esa ovoz berish Gvadelupa, Martinika, Frantsuz Polineziyasi, Sen-Bartelmi va Sen-Martenda boshlanadi.
Fransiyaning o‘zida esa prezidentlik saylovlari 23 aprelda boshlanadi.
Fransiyada davlat rahbari lavozimiga 11 kishi da'vogarlik qilmoqda. So‘rovnomalarga ko‘ra, saylovlarning 1-turidan "Olg‘a" harakati asoschisi Emmanyuel Makron va "Milliy front" yetakchisi Marin Le Pen o‘tishi mumkin, ular deyarli bir xil reytingga egalar. 2-turga o‘tishga shuningdek Fransua Fiyon va Jan-Lyuk Melanshonda ham imkoniyatlar yuqori.
Saylovlarning 2-turi 7 mayda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
11:40
O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili Fransiya qurolli kuchlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:10
RFda Fransiya fuqarosi uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
15:00 / 14.10.2024
Fransiya radioaktiv chiqindilarni qozon va vilkalarga aylantirishni rejalashtirmoqda
20:45 / 30.09.2024