Jahon | 12:32 / 22.04.2017
29897
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya urushdan qo‘rqmasligini ma'lum qildi

KXDR tinchliksevar davlat, biroq AQSh tahdididan himoyalanish uchun keskin choralarni ham ko‘rishi mumkin. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya TIV vakillari bayonotiga asosan xabar bermoqda.

"KXDRning eng katta xohishi – bu AQSh o‘zining adovatli siyosatini davom ettirsa, oxirigacha borishdir. KXDR armiyasi hozirning o‘zidanoq javob choralari sifatida kutilmagan ogohlantiruvchi zarbalar va boshqa uslublar bo‘lishini belgilab oldi", - deyiladi xabarda.

Bayonotda ta'kidlanishicha, Pxenyan “total urushga keng qamrovli urush bilan”, “yadro urushiga esa yadro zarbalari” bilan javob qaytaradi, ammo bu “juda dahshatli qarama-qarshilikda” albatta g‘olib chiqadi. "KXDR tinchliksevar sotsialistik davlatdir, biroq urushdan qo‘rqmaydi va undan qochishga ham harakat qilmaydi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan shimoliy koreyalik diplomatlar.

O‘tgan dam olish kunlari Janubiy Koreya qurolli kuchlarining shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi KXDR Xamgyon-Namdo viloyatining Sinpxo uyezdida muvaffaqiyatsiz raketa uchirganini xabar berdi. Raketa turi hozircha noma'lum, biroq ekspertlar taxminicha, bu o‘rta masofalarga mo‘ljallangan KN-15 ballistik raketasi bo‘lishi mumkin.

Yaponiya hukumati raketa uchirilganidan so‘ng bosh vazir kotibiyati qoshida maxsus shtabni tashkil etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya hukumati milliy xavfsizlik Kengashi doimiy qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi. 

 

Mavzuga oid