Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi Xalqaro Qur'on musobaqasida o‘zbekistonlik qorilar ishtirok etmoqda
Joriy yilning 19‒26 aprel kunlari Eron Islom Respublikasida XXXIV Xalqaro Qur'on musobaqasi o‘tkazilmoqda. Eronda o‘tayotgan ushbu Xalqaro Qur'on musobaqasida 74 davlatdan 283 nafar qatnashchi ishtirok etmoqda. 2017 yilgi xalqaro bellashuv besh yo‘nalishda olib borilmoqda:
1. Erkaklar o‘rtasida;
2. Ayol-qizlar o‘rtasida;
3. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida;
4. Diniy madrasalarning talabalari o‘rtasida;
5. Ko‘zi ojizlar o‘rtasida.
Musobaqa Eronning bir necha shahrida o‘tkazilmoqda. Xorijiy mehmonlar soni - 400dan ziyod. Tadbir mahalliy kanallarda efirga uzatilmoqda.

Xalqaro Qur'on tanlovida ikki o‘zbekistonlik ishtirok etmoqda. Ulardan biri Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi "Abu Hurayra" jome masjidi imom-noibi Saidov Xudoyqul qori Qur'oni Karimni to‘la hifz etish yo‘nalishi bo‘yicha, ikkinchilari "Aziz ota" jome masjidi imom-noibi Aminov Muhammad Loyiq qori qiroat yo‘nalishi bo‘yicha qatnashmoqda. Ta'kidlash joizki, hamyurtimiz Aminov Muhammad Loyiq Qur'on musobaqasini birinchi bo‘lib boshlab bergan.


Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026