Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabarovskda FSB qabulxonasiga uyushtirilgan hujum qurboni o‘zbekistonlik bo‘lgan
21 aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk shahridagi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) qabulxonasida noma'lum shaxs xodimlar va tashrif buyurganlarni o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lgan shaxs o‘zbekistonlik bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
«Halok bo‘lgan o‘zbekistonlik edi. Uning jasadi bugun vataniga jo‘natiladi. U bo‘ydoq bo‘lgan, Xabarovskda uning oilasi bo‘lmagan», — degan Qirg‘izistonning Xabarovskdagi konsuli. O‘zbekistonning Xabarovskda konsulxonasi yo‘q.
21 aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk shahridagi Federal xavfsizlik xizmati qabulxonasida noma'lum shaxs xodimlar va tashrif buyurganlarni o‘qqa tutishi oqibatida uch kishi: idora xodimi, tashrifchi va bosqinchining o‘zi halok bo‘ldi.
Jarohatlangan shaxs Qirg‘iziston fuqarosi edi.
IShID Xabarovskda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
19:45 / 05.01.2026
“Vaziyat yaxshilanishiga ishonish – fantastika”: faollar Xabarovskda o‘lgan migrant voqeasi haqida
23:08 / 03.01.2026
Rossiyada migrantlar yana kaltaklandi. Bir o‘zbekistonlik vafot etdi
10:57 / 03.01.2026
Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi
14:51 / 02.01.2026