Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izboskanda “Nuroniylar maskani” ish boshladi
Yoshi ulug‘ nuroniylarni e'zozlash xalqimizning ezgu qadriyatlaridan sanaladi. Ularni e'zozlash esa har birimizning burchimizdir.
Bugun Andijon viloyat, Izboskan tumani Poytug‘ shahrida yaqinlashib kelayotgan Xotira va Qadrlash kuni oldidan “Nuroniylar maskani” majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi sa'y-harakatlari bilan shahar markazidagi istirohat bog‘ida bunyod etilgan keksalarimiz uchun maskan, yangicha ko‘rinish kasb etgan xotira xiyobonini taqdim etish tadbirida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


“Nuroniylar maskani”da keksa otaxon va onaxonlarimiz uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Sharqona uslubda qurilgan muhtasham va shinam binoda kutubxona, shaxmat- shashka xonasi, sport anjomlari bilan ta'minlangan kichik zal, tibbiyot va dam olish xonalari nuroniylar xizmatida.




Ochilish marosimida so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an'analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash to‘g‘risida so‘zlab, maskanni ishga tushishida samarali mehnat qilgan Ulug‘bek Rahimov boshchiligidagi tuman hokimligi mutasaddilarga minnatdorchilik bildirdi.





Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan to‘rt nafar faxriylarga bir martalik pul mukofotlari hamda navbatsiz taqdim etilgan avtomashina kalitlari berildi.


Tadbir davomida imkoniyati cheklangan insonlarga muruvvat yordami ko‘rsatilib, nogironlik aravachalari topshirildi. Istirohat bog‘i maydonchasida yosh rassomlar o‘z ijodiy ishlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.


Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026