Jamiyat | 12:45 / 24.04.2017
21656
1 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz Namanganga boradi. Viloyat hokimi uchun savollar qabul qilinadi

Kun.uz tahririyati yaqin kunlarda Namangan viloyati rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishni maqsad qilgan. Viloyat aholisi rahbariyatga savol, taklif yoki shikoyatlarini sayt orqali yo‘llashi mumkin bo‘ladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda aholini ko‘proq qiziqtirgan savollarga javob olish va dolzarb muammolarga e'tibor qaratish ko‘zda tutilgan. Tilga olinmagan savol, taklif va shikoyatlar viloyat hokimining qo‘liga topshiriladi.

Savol, taklif va shikoyatlarni qabul qilish vaqti chegaralangan!

Murojatlarni ushbu havola orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin!

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid