Jahon | 11:19 / 24.04.2017
13435
2 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin Trampni vazminlikka chaqirdi

XXR raisi Si Tszinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot davomida KXDR muammosini muhokama qildi va tomonlarni vazminlikka chaqirdi. Bu vaziyatni yanada keskinlashtirmaslik uchun lozim. deb xabar berdi Xitoy Markaziy televideniyesi.

"Xitoy tomoni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzuvchi harakatlarga keskin qarshi chiqadi. Shu bilan birga, biz tegishli tomonlar Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskin tus olmasligi uchun vazmin bo‘lishlariga umid qilib qolamiz", - deya ma'lum qildi Si Tszinpin.

XXR raisining ta'kidlashicha, Koreya yarim oroli muammosini, faqatgina manfaatdor tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarsa va bir-birini tushunsa, hal qilish mumkin. Si Tszinpin Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish uchun barcha tomonlar bilan ishlashga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek, Si Tszinpin va Tramp umumiy tashvishga sabab bo‘layotgan masalalar bo‘yicha qalin aloqada qolish va fikrlar almashishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Koreya yarim orolidagi vaziyat bu oyda yanada keskinlashdi. Bu holat KXDRning navbatdagi yadro sinovini o‘tkazishi yoki ballistik raketalar uchirishi mumkinligi bog‘liq. Pxenyan o‘z xavfsizligiga tahdid sezsa, AQShning mintaqadagi harbiy bazalari va kemalariga ogohlantiruvchi zarbalar berishga tayyor ekani bilan ogohlantirmoqda.

Mavzuga oid