Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda fazoviy chiqindi yig‘uvchi sun'iy yo‘ldosh ishlab chiqildi
Yaponiyalik muhandislar tomonidan Singapurda asos solingan Astroscale startapi fazoviy chiqindilarni yig‘uvchi o‘z namunasini taqdim etdi. U Yer orbitasida ko‘payib borayotgan fazoviy chiqindilarni kamaytirishga yordam beradi, deb yozadi Asian Review.
Astroscale mutaxassislari sinov missiyasi sifatida orbitaga ikkita sun'iy yo‘ldoshni uchiradi. Ular Yerga yaqin fazoda chiqindilarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Qurilmalarning ishlashi juda oddiy: ular orbitaga chiqqanidan so‘ng, vazifasini bajarib bo‘lgan sun'iy yo‘ldoshlarning joyini aniqlab, ularga yaqinlashadi va o‘ziga torta boshlaydi. Yetarli miqdorda chiqindilarni to‘plagan yig‘uvchi qurilmalar Yer atmosferasiga kiradi va yonib ketadi. Ularga chiqindilarni yig‘ishi uchun 6 oydan bir yilgacha muhlat beriladi.

Umuman, so‘nggi 30 yilda fazodagi chiqindilar miqdori bir necha martaga ko‘paygan bo‘lib, ularni tozalash masalasi dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Turli mamlakatlar mutaxassislari bu masalada o‘z takliflarini ilgari surishyapti. Masalan, yaqinda «Roskosmos» fazoviy chiqindilarni kuzatish stansiyasini ishga tushirdi. Bu ularning joylashgan o‘rnini aniqlash imkonini beradi. NASA agentligi esa Innovative Advanced Concepts dasturi doirasida Yer orbitasini chiqindilardan tozalashga doir qiziq va istiqbolli loyihalarni moliyalashtiradi.
Mavzuga oid
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
09:59 / 29.05.2026