O‘zbekiston | 11:59 / 24.04.2017
44912
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tabiiy gaz xususiy operatorlar tomonidan sotila boshlanadi

Toshkent shahri va O‘zbekiston hududlarida gaz ta'minoti obektlari qismi gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gazni sotish uchun xususiy operatorlar vakolatli boshqaruviga o‘tkaziladi. Bu prezidentning 20 apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Tajriba loyihasi doirasida poytaxtda xususiy operatorga Bektemir tumanining «Bektemirtumangaz» tuman ekspluatatsiya xizmati obektlarini o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. Qoraqalpog‘istonda «Kegeylitumangaz», Andijon viloyatida - «Shahrixontumangaz», Buxoroda — «Kogontumangaz», Jizzaxda — «Zomintumangaz», Qashqadaryoda — «Qarshitumangaz», Navoiyda — «Qiziltepatumangaz», Namanganda — «Namangantumangaz», Samarqandda — «Narpaytumangaz», Surxondaryoda — «Jarqo‘rg‘ontumangaz», Sirdaryoda — «Yangiyershahargaz», Toshkentda — «Yangiyo‘ltumangaz», Farg‘onada — «Oltiariqtumangaz» hamda Xorazm viloyatida «Yangiariqtumangaz» filiali obektlari vakolatli boshqaruvga o‘tkaziladi.

Qarorda ta'kidlanishicha, qaror gaz ta'minoti tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish va samarali boshqarish tizimini yaratish, uning modernizatsiyasi uchun sarmoyalar jalb etish, xizmatlar sifatini yaxshilash va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun o‘z vaqtida to‘lovlar qilinishini ta'minlash maqsadida qabul qilindi.

Vakolatli boshqaruvni 1 iyundan joriy etish rejalashtirilmoqda. Xususiy operatorlar tanlov bo‘yicha saralab olinadi. Ular tomonidan tabiiy gazni sotish, uni realizatsiya qilish uchun litsenziya olmagan holda amalga oshiriladi. Ularga gaz savdosi hajmining 21 foizidan ko‘p bo‘lmagan komissiya mukofoti ko‘zda tutilgan. Xususiy operatorlar, xodimlari sonidan qat'iy nazar, yagona soliq to‘lovini to‘laydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid