Jahon | 10:00 / 25.04.2017
11051
1 daqiqa o‘qiladi

Checheniston muftiysi Bashar Asad bilan uchrashdi

Foto: Instagram.com/kadyrov_95

Checheniston muftiysi Saloh Hoji Mejiyev Damashqda Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov instagramdagi sahifasida ma'lum qildi

Uning aytishicha, Asad Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirov Mintaqaviy jamoatchilik fondi tomonidan amalga oshirilayotgan yordam va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan.

Bundan tashqari, Suriya prezidenti Halab va Damashqda yetim bolalar uchun boshpanalar qurish qarori uchun ham minnatdorchilik izhor etgan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida Grozniyda Damashq universiteti filialini ochish haqida kelishuvga erishilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid