Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Iskoning kelajagi bo‘yicha bir to‘xtamga keldi
Madridning «Real» klubi yarimhimoyachi Isko bilan shartnoma muddatini 2022 yilning yoziga qadar uzaytiradi. Marca bergan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi yozda yangi shartnomaga imzo chekadi.
«Real» vakillari va futbolchining agenti Pako Alarkon allaqachon bu borada muzokaralar o‘tkazishga ulgurgan. Qayd qilinishicha, yangi bitimga ko‘ra, Iskoning shartnomasi ikki hissaga oshiriladi. Ispaniyalik yarimhimoyachining yillik maoshi 6 million yevroni tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, Isko Ispaniya chempionatining 26 uchrashuvida maydonga tushib, 9 gol va 5ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Mavzuga oid
16:22 / 27.02.2026
YeChL qur’asi: «Siti»ga yana «Real» tushdi
12:10 / 26.02.2026
Vini yana raqs tushdi, Turinda drama. YeChLda javob o‘yinlari
11:03 / 22.02.2026
«Real»da mag‘lubiyat, «Siti»da qiyin g‘alaba. Kun o‘yinlari
13:22 / 18.02.2026