Sirdaryoda jinoyatchilik 19,7 foizga kamaydi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli samarali tadbirlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Bu haqda Kun.uz’ga Sirdaryo IIB xabar berdi.
2017 yilning 3 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar 2016 yilning 3 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlarga solishtirib tahlil qilinganda, o‘tgan yilga nisbatan ijobiy ko‘rsatgichga erishilganligi ma'lum bo‘lgan. Ya'ni, 2016 yilning 3 oyi davomida 776 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2017 yilning 3 oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish borasida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 623 ta jinoyat sodir etilib, 153 ta kam jinoyat sodir etilgan. Jinoyatchilikni 19,7 foiz kamayishiga erishilgan.
Buni quyidagilar misolida ko‘rishimiz mumkin:
Qotillik jinoyati 2016 yilda 12 ta, 2017 yilda 7 ta, ya'ni, o‘tgan yilga nisbatan 5 ta kam holatga ega. Jinoyatni 41,7 foiz kamayishiga erishilgan, o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish jinoyati 2016 yilda 5 ta, 2017 yilda 1 ta, ya'ni, o‘tgan yilga nisbatan 4 ta kam jinoyat sodir etilgan. Bosqinchilik jinoyati 2016 yilda 5 ta, 2017 yilda 1 ta, ya'ni, o‘tgan yilga nisbatan 4 ta kam jinoyat sodir etilgan. Talonchilik jinoyati 2016 yilda 9 ta, 2017 yilda 2, o‘g‘irlik jinoyati 2016 yilda 224 ta, 2017 yilda 190 ta, bezorilik jinoyati 2016 yilda 13 ta, 2017 yilda 6 ta, ya'ni, o‘tgan yilga nisbatan 7 ta kam jinoyat sodir etilgan.
Mavzuga oid
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024
10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi
19:56 / 15.10.2024