Jahon | 19:45 / 26.04.2017
6043
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda mikroavtobus portlashi oqibatida 5 kishi jarohat oldi

Foto:twitter.com/@RestitutorOrien

Istanbulda talabalar ketayotgan mikroavtobus portlashi oqibatida 5 kishi: haydovchi va 4 talaba jarohat oldi. Bu haqda Hürriyet Daily News nashri xabar bermoqda

Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lbola bomba portlagan. Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar. Voqea joyida tergovchilar ish olib borishmoqda. Voqeaning qolgan tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid