Jamiyat | 16:56 / 27.04.2017
13175
2 daqiqa o‘qiladi

DLUX va MUSAFFO bilan sog‘lom bolalar

O‘quv yili yakunlanishi arafasida Musaffo va DLUX Dance Studio “Musaffo bolalarni sevadi, bolalar Musaffo`ni” nomli quvnoq sport aksiyasini o‘tkazdi. 

DLUX Dance Studio rezidenti, hammaga sevimli bo‘lgan raqsga tushuvchi Musaffo sigiri hip-hop kids, bolalar xoreografiyasi, gimnastika guruhlari mashg‘ulotlarida bolajonlar bilan tanishishga va ularning sportga bo‘lgan ishtiyoqini foydali sut hamda esdalik sovg‘alari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi!

Musaffo sigiri bolajonlar bilan birga mashq qildi, shpagat yozdi va “batman tandyu” mashqlarini bajardi. Bu esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi! Shundan so‘ng bolajonlarning har biri sovg‘alarga ega bo‘ldi va DLUX raqs studiyasiga qatnayotgan paytda erishgan muvaffaqiyatlarini namoyish etishdi.

Musaffo sigiri Dlux raqs studiyasining gimnastika, yoga, xoreografiya kabi bolalar yo‘nalishlaridan tashqari kattalar uchun go-go, lady's style, jamoaviy raqslar, kavkazcha, lotincha, arabcha kabi turli raqslar, pilates, fitness bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan Xamza va Navoi filiallarida bo‘ldi. 

Studiya muntazam ravishda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bepul sinov darslar o‘tkazib keladi. Bepul sinov mashg‘ulotlari jadvali bilan studiyaning sahifasida tanishishingiz mumkin.

musaffo.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid