Jamiyat | 15:26 / 27.04.2017
3097
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda Atlantika Kengashining VIII sammiti ish boshladi

Foto: Anadolu

Istanbulda AQSh Atlantika Kengashining VIII sammitiga start berildi. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi

Ikki kunlik forumning 45 mamlakatdan tashrif buyurgan  ishtirokchilari xalqaro kun tartibidagi keng ko‘lamli dolzarb masalalarni muhokama qilishmoqda. 

Forumning vazifasi - jahon energetikasi, energiya resurslarining taqsimlanishi, iqtisodiyot, milliy xavfsizlik, savdo-sotiq, shuningdek migratsion inqiroz masalalarini muhokama qilish.

Nufuzli dunyo yetakchilari jahonning turli mintaqalaridagi vaziyatlarni muhokama qilishmoqda - Suriyadan tortib Afrikagacha, Qora dengizdan to Sharqiy-O‘rta yer dengizidagi mintaqa muammolarigacha.

Joriy yilda sammit mavzusi "Notinch mintaqada Transatlantik konsensusni mustahkamlash" bo‘ldi. Sammit doirasida ochiq majlislar va maxsus sessiyalar ham o‘tkazilmoqda.

Sammitda BP, Dana Gas, Delek Drilling, Noble Energy, Cheniere, Naftogaz, EWT kabi mashhur energetika kompaniyalari vakillari ishtirok etishmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid