Sport | 16:05 / 27.04.2017
12571
2 daqiqa o‘qiladi

Mish-mishlar tasdiqlandi. «Real» Azar transferi bo‘yicha ish boshladi

Madridning «Real» klubi Londonning «Chelsi» jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azarni qo‘lga kiritish uchun harakatni davom ettirmoqda. Bu haqda Belgiyaning Sport Foot Magazine nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, «Qirollik klubi» vakillari futbolchi bilan aloqaga chiqishgan. Azarning transferi futbol tarixidagi yangi rekord summa bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispan klubi prezidenti Florentino Peres o‘zining navbatdagi saylovoldi kampaniyasi arafasida yana bir katta transferni amalga oshirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Har to‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan Madrid klubi prezidentligi uchun saylovlardan oldin Peres xuddi shunday transferlarni amalga oshirishga odatlangan. So‘nggi 2013 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlardan oldin Peres «Real»ga 100 mln. yevro evaziga Garet Beylni olib kelgandi. 2009 yilgi saylov paytida esa jamoaga Krishtianu Ronaldu, Kaka, Xabi Alonso va Karima Benzema taklif etilgandi.

Azarning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo‘ljallangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid