Tramp Oq uyda "Yil o‘qituvchilari"ni qabul qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Oq uyda Amerikaning eng yaxshi o‘qituvchilarini qabul qildi. Oval kabinetda mamlakatning barcha shtatlari va hududlarida "Yil o‘qituvchisi" nomiga sazovor bo‘lgan 55 kishi to‘plandi.
Ilk marta AQShda "Yil o‘qituvchisi" nomiga davlat o‘quv muassasasi emas, mustaqil o‘rta ta'lim muassasasi o‘qituvchisi munosib ko‘rildi. Dorchesterlik (Massachusets shtati) ijtimoiy fanlar va tarix o‘qituvchisi Sidni Cheyfi mana shunday yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi. Tramp olqishlar ostida uni ishdagi muvaffaqiyatlari bilan qutlab, esdalik nishoni topshirdi va barcha mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.
AQShning "Yil o‘qituvchisi" tarjimai holida diqqatga sazovor jihat mavjud. U 9-sinfdagi mashg‘ulotlarni doim bir vazifa bilan boshlar ekan. U o‘quvchilarga "Amerikani Xristofor Kolumb ochgani" to‘g‘risidagi ta'kidni qo‘llab-quvvatlashadimi yoki yo‘q hamda u haqiqatdan qahramon bo‘lishga loyiqmi" - o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi.
Mavzuga oid
15:21 / 24.07.2023
Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi
07:31 / 14.07.2023
Yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi
23:13 / 13.07.2023
Oq uyda topilgan kokainning egasi aniqlanmadi
13:52 / 07.07.2023