2016 yilda 7343 kishi O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tishda ushlandi
2016 yilda O‘zbekiston MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari davlat chegaralarini buzib o‘tgan 7343 kishini qo‘lga olishdi. Bundan tashqari, chegara tartibini buzgan 6887 nafar, chegara qoidasini buzgan 7272 kishi va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibini buzgan 1374 nafar shaxs ushlangan.
O‘zbekiston MXX Matbuot markazi vakilining Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, xalqaro terrorchilik tashkilotlariga aloqador bir kishi va qidiruvda bo‘lgan 10 shaxs qo‘lga olingan.
Shuningdek, O‘zbekiston chegarasidan noqonuniy va yashirincha olib o‘tilayotgan 271 dona qurol-aslaha, shu jumladan, 4 dona o‘qotar qurol, 255 dona ov miltig‘i, 12 dona pnevmatik qurol, 13453 dona o‘q-dori, 2 dona “F-1” granatasi va 3,6 kg portlovchi moddalar aniqlanib, ularning olib o‘tilishining oldi olingan.
Shu bilan birga, o‘zbek chegarachilari tomonidan mafkuraviy zararli g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotlar, xususan, diniy ekstremistik ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan 696 dona kitob va 405 dona elektron saqlash vositalari (disk, fleshkalar)ning olib kirilishiga chek qo‘yildi.
Mavzuga oid
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
08:10 / 24.10.2024
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin
13:50 / 12.10.2024
YeI avtomatlashtirilgan chegara tizimini ishga tushirishni kechiktirdi
21:27 / 09.10.2024