Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliningradda O‘zbekiston tomondan qidirilayotgan terrorchi ushlandi
Rossiyaning Kaliningradida ushlangan va "Islom jihodi – mujohidlar jamoati" xalqaro terrorchilik tashkiloti bilan aloqalarda gumon qilingan 12 kishi orasida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomondan ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun qidirilayotgan terrorchi ham bo‘lgan. Bu haqda Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushlangan kimsa Kaliningrad viloyati aholisi, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidan kelganlar o‘rtasida jangarilikka yollashni amalga oshirgan.
"Ayni vaqtda jinoyatchi aybini tan oluvchi, jumladan o‘z qarindoshlarining xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqda. Bundan tashqari, terrorchilik bo‘limi yetakchisi bo‘lgan bu kimsaning aloqalari aniqlangan, ularning Suriya hududida harakat qiluvchi noqonuniy qurolli tuzilmalarga aloqadorligi tekshirilmoqda", deb aytildi Federal xavfsizlik xizmatida.
Ta'kidlanishicha, barcha ushlangan 12 kishi O‘rta Osiyo davlatlaridan kelganlar hisoblanadi. Yaqin istiqbolda qo‘lga olingan terrorchilarni ular kelgan davlatlarga jo‘natish tadbirlari rejalashtirilgan. Ular o‘z vatanlarida sodir etgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
09:00 / 03.06.2026