Jahon | 22:31 / 28.04.2017
5396
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel: Makron kuchli prezident bo‘ladi

Germaniya kansleri Angela Merkel Fransiyaning sobiq moliya vaziri, Fransiya prezidenti lavozimi uchun ikki nomzoddan biri Emmanuel Makron saylovlarda g‘olib bo‘lsa, kuchli prezident bo‘lishiga ishonchi komilligini aytdi. 

"Menda Emmanuel Makron agar saylansa, kuchli prezident bo‘lishiga mutlaq shubha yo‘q", deb aytgan kansler.

Avvalroq Fransiya prezidenti lavozimiga yana bir nomzod Marin Le Pen saylovlarning 1-bosqichida Jan-Lyuk Melanshonga ovoz berganlarni 2-bosqichda Emmanuel Makronga ovoz bermaslikka chaqirgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid