O‘zbekiston | 09:22 / 28.04.2017
6510
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ShHT Forumining majlisi bo‘lib o‘tadi

Foto: Sputnik

2017 yil 11-12 may kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Forumining XII majlisi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Hindiston, Pokiston, Eron va Afg‘oniston delegatsiyalari Forum ishida qatnashadilar. Bu haqda Uzdaily.uz xabar qilmoqda. 

ShHT Forumi qatnashchilari tashkilot hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalalari, xavfsizlik sohasini yanada rivojlantirishning muhim jihatlari, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va investitsiyaviy hamkorlik hamda tashkilotni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishadi. 

Ular, shuningdek, kuzatuvchi-davlatlar va muloqotdagi hamkor davlatlar bilan muloqotni faollashtirish, ularning ulkan salohiyatini ShHT doirasidagi qo‘shma faoliyatga jalb qilish kabi masalalar ham ShHT Forumi uchrashuvi kun tartibiga kiritilgan. 

Delegatsiyalar a'zolariga O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga doir ma'lumotlar beriladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid