Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiya bilan S-400 borasida kelishuvga erishdi
Foto: TASS
Turkiya va Rossiya S-400 tizimlarini xarid qilish bo‘yicha bir to‘xtamga keldi. Endilikda, uning qiymati va birgalikda ishlab chiqarish masalalari o‘rganib chiqilmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Biz S-400 bilan bog‘liq barcha mavzularda muzokaralarni davom ettirayapmiz. Uni hamkorlikda ishlab chiqish va narxi xususidagilar shular jumlasidan. Bir qarashda biz kelishib oldik, biroq texnik masalalar bo‘yicha biror narsa deya olmayman", - deya vazir so‘zlarini keltiradi Milliyet gazetasi.
Chavusho‘g‘li, shuningdek, Turkiya Rossiyaning zenit-raketa tizimlarini xarid qilishi, "o‘zining havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirishi lozim"ligini aytgan.
Turkiya va Rossiya S-400 tizimlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani o‘tgan yil noyabr oyida ma'lum bo‘lgandi. Shu yilning mart oyida esa, "Rostex" davlat korporatsiyasi Sergey Chemezov, Turkiya S-400 ZRT kabi qurol-yarog‘larni xarid qilish uchun Rossiyadan kredit olish maqsadida ekanini bildirgan edi.
Mavzuga oid
20:07 / 22.01.2026
Rossiyaning o‘z muammolari tufayli Grenlandiya bilan ishi yo‘q – Peskov
16:08 / 22.01.2026
Berlin va Brandenburgda Rossiyaning ehtimoliy agentlari ushlandi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
11:42 / 22.01.2026