O‘zbekiston | 11:21 / 29.04.2017
18703
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vazirligi ishonch telefonini ishga tushirmoqda

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV  matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur boshqarma tarkibida “Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi tashkil etildi. 

Bu markaz joriy yilning 1 may kunidan test rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Markazning afzallik tomoni shundaki, fuqarolar respublikaning barcha hududlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona markazlashgan qisqa raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarining og‘zaki murojaatlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid