Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya hukumati «Vikipediya»ga kirishni cheklab qo‘ydi
Turkiyada dunyodagi eng yirik internet-ensiklopediya «Vikipediya»ga kirish cheklab qo‘yildi. Bu haqda Hurriyet xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, turk hukumati saytga kirish nima sababdan to‘sib qo‘yilganiga oydinlik kiritmagan. Shuningdek, bu cheklov qancha vaqt davom etishi ham noma'lum.
Avvalroq, «Vikipediya» Turkiyadagi referendumdan so‘ng Erdo‘g‘anni «diktator» deb nomlab qo‘ygani haqida xabarlar tarqagandi.
Eslatib o‘tamiz, 16 aprel kuni Turkiyada boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tish bo‘yicha konstitutsiyaviy referendum bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra, turkiyalik fuqarolarning 51,2 foizi hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi tomonidan taklif etilgan hamda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan tasdiqlangan Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026