Sirdaryoda “Salomatlik sari” respublika yugurish marafoni o‘tkazildi
Sirdaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi rahbarligida 29 aprel kuni Guliston shahrida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi orqali muhofaza qilish maqsadida “Salomatlik sari” respublika yugurish marafoni o‘tkazildi.
Marafonning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi o‘rinbosari Qarshiboy Eshnazarov ushbu marafonni o‘tkazishdan maqsad — korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarni sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mexnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi orqali muhofaza qilish, aholi ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishlarini kuchaytirishdan iboratligini ta'kidladi.
Shundan so‘ng 9ta tarmoq kasaba uyushmalariga tegishli korxona, tashkilot va muassasalardan 3 ta yosh toifasida 600 nafarga yaqin ishchi-xodimlar marafon yugurishlarida ishtirok etdilar.
Yugurish natijalariga ko‘ra 18-30 yoshlilar bahsida Ibrat Jo‘rayev, Gulchehra Javlonovalar, 30-45 yoshlilar o‘rtasida Botirxon Buzrukov, Ra'no Rustamovalar va 45 yoshdan yuqori bo‘lgan qatnashchilar marafonida Aleksandr Boboyev hamda Dilfuza Rustamovalar birinchilikni egallashdi.
Sport bayrami g‘oliblariga kasaba uyushmalarining diplomlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Ishtirokchilar e'tiboriga Guliston shahar “Barkamol avlod” markazi o‘quvchilari tomonidan konsert namoyish etildi.
Ozoda Mamadaliyeva,
“Ishonch” muxbiri
Mavzuga oid
10:50 / 14.10.2024
Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024