Jahon | 23:18 / 30.04.2017
3190
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi avtohalokat 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Indoneziyaning Yava orolida avtobusning bir nechta transport vositasi: 4 ta avtomobil va bitta mototsiklga borib urilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Yo‘l-transport hodisasi Jakartadan 90 km uzoqlikda joylashgan Chianjur shahri yaqinida yuz bergan. Avtobus transport vositalariga urilgach, yo‘ldan chiqib ketgan. Bir necha haydovchi, jumladan avtobus haydovchisi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 50 kishi jarohat olgan.    

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokat avtobusning tormozi nosozligi sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid