Jahon | 07:42 / 30.04.2017
6702
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada halokatga uchragan samolyot harbiylarni olib ketayotgan bo‘lgan

Foto: Wikimedia Commons

29 aprelda Kubada Aerogaviota aviakompaniyasining 39 yo‘lovchisi bo‘lgan An-26 samolyoti halokatga uchragani ma'lum qilingandi. Biroq keyinroq samolyot yo‘lovchi samolyoti emas, balki harbiylarga tegishli bo‘lgani va unda Kuba inqilobiy qurolli kuchlarining 8  harbiysi ketayotgani aniqlandi. 

Samolyot Artemis viloyatida toqqa urilishi oqibatida uning bortidagi barcha 8 kishi, jumladan ekipaj a'zolari halok bo‘ldilar. Samolyot bo‘laklari Gavanadan 80 km uzoqlikda joylashgan Las-Lomas-de-San-Kristobal sayyohlik zonasida aniqlandi.

"29 aprel ertalab fojiala voqea yuz berdi, inqilobiy qurolli kuchlarga tegishli bo‘lgan va Playya Barakoa aeroportidan soat 6.38da parvoz qilgan An-26 samolyoti Artemis viloyatida falokatga uchradi", deb ma'lum qilindi mudofaa vazirligida.   

Halokat yuz berganini Aerogaviota aviakompaniyasi ham tasdiqladi. Uning vakili samolyot bortidagi biror odam ham omon qolmaganini ma'lum qildi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid