Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda «Boku marafoni-2017» bo‘lib o‘tmoqda
Ozarboyjon poytaxtida «Shamolni mag‘lub qil!» shiori ostida «Boku marafoni-2017» bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi.
Haydar Aliyev fondi tashabbusi bilan tashkil qilingan marafon maqsadi - sport rivojini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xayrli g‘oyalar yo‘lida insonlarni birlashtirish.
Toshkent markazida sport marafoni tufayli katta tirbandliklar yuzaga keldi (foto)
Marafonda Haydar Aliyev fondi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva, Ozarboyjon hukumati vitse-premeri Yagub Eyubov, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Madat Guliyev, ta'lim vaziri Mikail Jabborov, shuningdek parlament deputatlari, diplomatik miyassiyalar vakillari, sportchilar va 13 mingdan ziyod oddiy fuqaro qatnashmoqda.
Marafon 21 kilometr masofada - Davlat bayrog‘i maydonidan to Boku Olimpiya stadionigacha o‘tkazilmoqda.
Marafonda ilk 10 o‘rinni olgan ishtirokchilar pul mukofotlari va sovg‘alarga ega bo‘lishadi. Turkish Airlines aviakompaniyasi tadbir homiylaridan biri hisoblanadi.
Fotojamlanma: O‘zbekiston bo‘ylab ommaviy yugurish g‘oliblari aniqlandi
Mavzuga oid
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi
11:53 / 14.05.2026