Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy o‘quv yurtiga kiritishni va'da qilgan ashaddiy firibgarlar qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi idoralari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida muqaddam sudlangan Sodiqova Go‘zal fuqaro Qosimovaning o‘g‘lini Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritish maqsadida 20 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda «1news.uz» xabar bermoqda.
Muqaddam ikki marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro Gulmetova Ozoda fuqaro Yernazarovni aldab, jiyani Rahmatullayevni harbiy bilim yurtlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda Milliy xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura idoralari tomonidan uning noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi.
Muqaddam 4 marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan Muntazam Usmonova va muqaddam 9 marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan Hayotxon Odilova fuqaro Ominxo‘jayevadan o‘g‘li Muhamedovni Qo‘qon Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritishni va'da qilib, 4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Farg‘ona shahar Huquqshunoslik kolleji o‘qituvchisi Kamoliddin Ahmedov fuqaro Razzoqovaning uch nafar jiyanini o‘zi ishlaydigan kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5500 AQSh dollari talab qiladi. Shundan 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida Farg‘ona viloyati prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ushlandi.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro Mahmudova Zuhraxon fuqaro Aslonqulovaning o‘g‘li Bo‘taqo‘ziyevni Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib berish evaziga 40 million so‘mni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Tibbiyot kollejida o‘qituvchilik qiluvchi Samariddin Xolbozorov kollejga o‘qishga kiritishni va'da qilib, 15 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan kasb-hunar o‘quvchilarini o‘qishga ko‘chirish bilan bog‘liq hujjatlar qalbakilashtirish holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, o‘tkazilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyat Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Tibbiyot kolleji o‘qituvchisi Samariddin Xolbozorov tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, u 2014-2016 yillar davomida fuqarolardan jami 15 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168–moddasi 2-qismi “b” bandi, 211-moddasi 2-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan ayb e'lon qilinib, qamoqqa olindi.
Mavzuga oid
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
15:43 / 03.08.2024
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan avtofiribgar Turkiyada ushlandi
16:28 / 24.07.2024
Polshada o‘smirlarni pichoqladi deyilgan o‘zbekistonlik yigit aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi
08:39 / 10.02.2024