Texnologii | 21:58 / 01.05.2017
8510
2 daqiqa o‘qiladi

Porsche Cayenne mashinasi 285 tonnalik samolyotni shatakka oldi

kolesa.ru

Porsche kompaniyasi Air France aviakompaniyasi bilan birgalikda seriyali avtomobillar uchun jahon rekordini o‘rnatishga ahd qilishdi va buni amalga oshirib, o‘z nomlarini Ginness rekordlar kitobiga kiritib qo‘yishdi.  

Gap shundaki, standart komplektatsiyadagi Porsche Cayenne krossoveri 285 tonnalik samolyotni shatakka ololdi.

Nemis kompaniyasi matbuot-xizmatida rekordni o‘rnatish uchun standart Porsche Cayenne mashinasi qo‘llangani ma'lum qilindi. Kompaniya tom ma'noda "buni sizning krossoveringizni ham qila oladi, biroq ba'zi ehtiyot choralariga amal qilingan holda" deb aytmoqda. Farkop (shatakka olish qurilmasi) ham standart bo‘lgan, biroq uning uchun mahsus mahkamlagich tayyorlangan.


kolesa.ru

Yangi rekord Parijdagi Sharl-de-Goll aeroportida o‘rnatildi. Shatakka oluvchi sifatida 385 ot kuchiga ega Cayenne S Diesel modeli chiqdi va u 285 tonnalik Airbus A380 samolyotini shatakka olib, torta oldi. Xuddi shu tryuk 570 ot kuchiga ega  Porsche Cayenne Turbo S modeli bilan ham takrorlandi.

Rekordning o‘rnatilishida ishtirok etganlar samolyot va krossoverning o‘lchamlaridagi hayratlanarli farqni qayd qilishdi: samolyotning uzunligi 73 metrni, avtomobilniki esa 4,8 metrni tashkil qilgan.  

kolesa.ru
kolesa.ru
kolesa.ru

Mavzuga oid