Internet tarmoğida muddatidan avval yangi avlod Porsche Cayenne krossoverining fotosuratlari paydo böldi. Motor1 portalining yozişiça, yangi modelning ekstereri va intererining suratlari Britaniyaning AutoExpress saytida paydo bölgan. Biroq keyinçalik ular öçirilgan. Umuman olganda, krossover taşqi körinişdan avvalgi modelga öxşab ketadi, deyiş xato bölmaydi.
Yangi «Kayyenn» old körinişi va profili jihatidan öxşab ketadi. Orqa çiroqlari «Panamera» ruhiyatini mujassamlaştiradi.



Şu bilan bir vaqtda, uning içki qismi batamom özgartirilgan. Krossover old paneliga yirik multimedia displeyi, yangi rul çambaragi, sensorli boşqaruv bloki va uzatmalar qutisi dastagida turli funksiyalarni bajaruvçi tugmaçalar ham örnatilgan.
Avval xabar qilinganidek, u yangi MLB Evo platformasida barpo etilgan. Ayni şu şassi ikkinçi avlod Audi Q7 va Bentley Bentayga uçun asos bölgan. Uning motorlari qatoriga olti va sakkiz silindrli dvigatellar kiradi. Şuningdek, 700 ot kuçiga teng gibridli motor ham paydo bölişi kutilmoqda.











