Air France aviakompaniyasiga tegişli, dunyodagi eng katta yölovçi samolyoti Airbus A380’ning parvoz vaqtida dvigateli qoplamasi bölaklanib ketdi. Bu haqda Airlive.net portali xabar bermoqda.
Samolyot Parijdagi Ruassi–Şarl de Goll aeroportidan Los-Anjyelesga reys bajarayotgan bölgan.
Samolyotning şikastlangan dvigateli surati va videosi yölovçilar tomondan ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirildi.
Nosozlik oqibatida Samolyot Kanadaning Gus Bey aeroportiga qönişga majbur bölgan.

Airbus A380 keng fyuzelyajli ikki palubali, 4 dvigatelli reaktiv samolyot bölib, u bortiga 853 yölovçini olişga qodir va 15,4 ming km gaça masofaga qönişsiz parvozlarni bajara oladi.

















