Politsiyaçi boşqaruvida bölgan Porsche Cayenne avtomobili Oqörda – Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarorgohi darvozasiga kelib urildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Ostona şahri Içki işlar departamenti ma'lumotlariga köra, YTH 17 yanvarga ötar tunda sodir bölgan. Xizmat tekşiruvi ötkazildi, uning davomida Ostona IID yöl-patrul politsiyasi maxsus bataloni xizmati inspektori, politsiya katta leytenanti Ye.Imanbekov Döstiq köçasi böylab harakatlanib, yöldagi yaxvonlikda boşqaruvni yöqotgani hamda prezident qarorgohi darvozasiga kelib urilgani aniqlangan. Jabrlanganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot yöq.


Politsiyadan ta'kidlaşlariça, YTHga sababçi bölgan Ye.Imanbekov va vzvod qömondoni, uning rahbari, politsiya kapitani G.Jumaxmetov Qozoğiston Respublikasi içki işlar organlaridan işdan böşatilgan.








