Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida Madinadagi terakt bo‘yicha 46 kishi qo‘lga olindi
Saudiya Arabistoni IIV 2016 yili Madina shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakati bo‘yicha tekshiruvlar doirasida terroristik tashkilot a'zolari bo‘lgan 46 kishi qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar bergan.
2016 yilning iyulida xudkush terrorchi payg‘ambar masjidi oldida o‘zini portlatishi tufayli 4 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan, ular terrorchini ichkariga kiritmasdan to‘xtatib qolganida portlash ro‘y bergandi.
Qo‘lga olish ishlari Jidda shahrida amalga oshirilgan. Qo‘lga olinganlarning 32 nafari Saudiya Arabistoni fuqarolari, 14 kishi xorijliklar (Pokiston, Yaman, Afg‘oniston, Misr, Iordaniya va Sudan).
Qayd etilishicha, tezkor reydlar davomida portlovchi moddalar tayyorlanadigan yer osti sexi aniqlangan. Tergov ma'lumotiga ko‘ra, aynan shu yerda masjidga hujum qilgan terrorchi ham tayyorlangan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026